REGOS × laCafe
Saytda, mehmon ilovasida, Telegram botda va operator orqali qabul qilingan yetkazib berish va olib ketish buyurtmalari REGOS'ga chakana buyurtma (Заказ клиента, DocOrderDelivery) bo'lib tushadi. Holat laCafe'ga qaytadi, menyu va narxlar REGOS'dan olinadi.
1. REGOS'da lokal integratsiya
- REGOS.Online → Интеграции → Локальная интеграция → yangi integratsiya yarating (nomi, masalan, «laCafe»).
- Tizim endpoint beradi:
https://integration.regos.uz/gateway/out/<kalit>/v1. Uni nusxa oling. - Integratsiya foydalanuvchisiga kerakli omborlar (Склады) ga ruxsat bering — buyurtmalar shu omborlarga tushadi.
- Источник заказа (DeliveryFrom) ma'lumotnomasida «laCafe» manbasini yarating.
- Yetkazish narxi uchun xizmat turidagi tovar (masalan, «Доставка») bo'lsin — REGOS buyurtmasida yetkazish narxi uchun alohida maydon yo'q.
2. laCafe'da
- laCafe paneli → Ilovalar → REGOS → o'rnating.
- «Ulanish»ga endpoint'ni (yoki faqat kalitni) kiriting va «Tekshirish»ni bosing. Kalit laCafe platformasiga uzatilmaydi — ilovaning o'z bazasida shifrlangan holda saqlanadi.
- «REGOS sozlamalari»: buyurtma manbai, narx turi, yetkazib berish va olib ketish turi, yangi mijozlar guruhi, yetkazish xizmati va menyuga kiradigan guruhlarni tekshiring.
- «To'lov turlari»: har laCafe to'lov usuli qaysi REGOS to'lov turi bilan yozilishini tanlang.
- «Filiallar»: har laCafe filialini REGOS omboriga biriktiring va «Menyuni yangilash»ni bosing.
3. Webhook (ixtiyoriy, tavsiya etiladi)
Webhook bo'lmasa, holat har 30 soniyada so'raladi. Webhook bilan — darhol. Ilova sahifasida «Webhook» → «Manzil yaratish», so'ng manzilni lokal integratsiyaning Endpoint maydoniga qo'ying va hodisalarga obuna bo'ling:
| Maqsad | Hodisalar |
|---|---|
| Buyurtma holati | DocOrderDeliveryStatusSet, DocOrderDeliveryEdited, DocOrderDeliveryDeleted, DocOrderDeliveryDeleteMarked, DocOrderDeliveryPerformed |
| Menyu va narx | ItemAdded, ItemEdited, ItemDeleteMarked, ItemGroupAdded, ItemGroupEdited, ItemGroupDeleted, DocSetPricePerformed |
| Stop-list (qoldiq) | DocChequeClosed, DocPurchasePerformed, DocMovementPerformed, DocInOutPerformed, DocInventoryClosed |
REGOS webhook'ni imzolamaydi: manzildagi kalit tasodifiy va maxfiy, tanadagi connected_integration_id tekshiriladi, holat esa har safar REGOS API'dan qayta o'qiladi. Takrorlar event_id bo'yicha tashlanadi.
4. Buyurtma qanday yoziladi
| laCafe | REGOS (DocOrderDelivery/AddFull) |
|---|---|
| laCafe buyurtma id'si | external_code — takroriy yuborishda ikkinchi hujjat ochilmaydi |
| filial | stock_id — biriktirilgan ombor |
| taom, soni, narxi | operations[] (item_id, quantity, price) |
| modifikator (REGOS tovari) | alohida qator; bog'lanmagani — izohda |
| chegirma / promo-kod | qatorlar narxiga mutanosib taqsimlanadi (jami laCafe summasiga teng), izohda ko'rsatiladi |
| yetkazish narxi | tanlangan xizmat qatori |
| mijoz | telefon bo'yicha RetailCustomer (bo'lmasa tanlangan guruhga yaratiladi) |
| to'lov usuli | payment_type_id; to'langanmi va keshbek — izohda |
| manzil, xarita nuqtasi, vaqt | address, location, delivery_date |
Holatlar: Новый → yangi, Подтверждён → qabul qilindi, В обработке → tayyorlanmoqda, Оплата → tayyor, Завершён → yopildi, Отменён → bekor. laCafe'da bekor qilingan buyurtma REGOS'da ham bekor qilinadi.
5. Menyu va stop-list
- Menyu:
ItemGroup/Get+Item/GetExt(ombor qoldig'i va tanlangan narx turidagi narx, rasm). Xizmatlar va narxi 0 bo'lgan tovarlar menyuga kirmaydi. Har soatda va webhook bilan yangilanadi. - Stop-list (filialda yoqiladi): ombordagi sotish mumkin qoldig'i 0 bo'lgan tovarlar. Taomlar tex. karta bilan (qoldiqsiz) yuritilsa, yoqmang.
Digital Restaurant LLC · lacafe.uz · REGOS API: docs.regos.uz